05.06.2025 10:20
60
Tramp etti musulmon davlat aholisiga AQShga kirishni taqiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp etti musulmon mamlakat aholisi uchun AQShga kirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Taqiq Eron, Afgʻoniston, Yaman, Liviya, Sudan, Somali va Chad fuqarolariga tegishli.
Shuningdek, Eritreya, Birma, Gaiti va Ekvatorial Gvineya fuqarolari ham qora roʻyxatga kiritilgan.
Burundi, Kuba, Laos, Sьerra-Leone, Togo, Venesuela, Turkmaniston fuqarolari uchun esa qisman cheklovlar joriy etildi.
Hujjatda bu choralar AQShning terrorizmga qarshi siyosati bilan bogʻliq ekani aytilgan.
Eslatib oʻtamiz, Tramp 47-prezident sifatidagi ilk nutqida AQShga noqonuniy migrantlarning kirib kelishini toʻxtatish va millionlab migrantlarni mamlakatdan chiqarish jarayonini boshlashga vaъda bergandi.
Avvalroq, Oʻzbekiston hukumati vatandoshlarimizning AQShdan viza olishini engillashtirish boʻyicha soʻrov yubormoqchi ekanligi aytilgandi.