10.10.2025 14:41
282

“Tolibon” Pokistonni Afgʻonistondagi bozorga zarba berganlikda aybladi


 

Reuters’ning yozishicha, Afgʻoniston hukumati Pokistonni mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi.

Gap shundaki, Tolo News mahalliy manbasiga tayanib, jumaga oʻtar kechasi Pokiston qiruvchi samolyotlari mamlakat sharqidagi Paktika viloyatiga zarba bergani haqida xabar tarqatgandi.

Kobul Islomobodning bu harakatlarini “misli koʻrilmagan zoʻravonlik va provokatsiya” deb baholagan.

Maъlumotlarga koʻra, portlashlar oqibatida kamida 10 doʻkon vayron boʻlgan, yaqin atrofdagi binolarning oynalari singan.

Bundan tashqari Kobul ham bir qator havo hujumlariga uchragani aytilmoqda: ayrim nashrlarning yozishicha, “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (TTP) etakchisi Nur Vali Maqsud oʻldirilgan.

 

Mavzuga aloqador