16.06.2024 14:52
Tolibon Isroil Livanga bostirib kirgan taqdirda jangga qoʻshilmoqchi
Tolibon Isroil Livanga bostirib kirgan taqdirda Hizbulloh bilan birga ishgʻolchilarga qarshi jang qilmoqchi. Bu haqda qarshilikka yaqin boʻlgan mashhur "Al-Axbor" gazetasi mualliflaridan biri, livanlik jurnalist Hasan Alaik xabar berdi.
Unga koʻra, Tolibon Eronga Falastinda jang qilmoqchiligini, imkoni boʻlsa minglab jangchilarini sionistlarga qarshi urushga yuborishga tayyorligini bildirgan.
“Ayni damda Eron shimoliy frontni Pokiston va Afgʻonistondan tortib, Iroq va Yamangacha boʻlgan Isroilga qarshi jang qilishni istayotgan musulmonlar bilan toʻldirishi mumkin. Buni Amerika ham yaxshi tushunib turibdi", – deb yozadi jurnalist.
Shunga qaramay Isroil Bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu oʻt ochishni toʻxtatish haqida oʻylab ham koʻrmoqchi emas. Ayni damda Gʻazoda bir nechta isroillik askarlarning oʻlimidan soʻng mamlakatda yana namoyishlar toʻlqini boshlandi. Minglab isroilliklar undan tezroq oʻt ochishni toʻxtatishni va asirdagilarni ozod qilishni soʻramoqda. Qoʻli murgʻak bolalarning qoniga botgan Netanʻxu esa mazkur holatga javoban oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha post qoldirdi:
"Qancha tovon toʻlamaylik, biz urushni oxiriga etkazishimiz kerak. Boshqa HAMAS va Isroilning dushmanlari qolmagunicha, yoʻqotganlarimizga yarasha gʻalaba qozonmaguncha toʻxtamaymiz", – deb yozgan u.