06.08.2024 14:45

Tojikiston va Eron vizasiz rejim joriy qildi

10 avgustdan Tojikiston va Eron oʻrtasida vizasiz rejim kuchga kiradi. Ikki davlatning xorijga chiqish pasportlariga ega fuqarolari viza rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin boʻladi.

2024 yil 10 avgustdan Tojikiston va Eron hukumatlari oʻrtasida umumiy xorijiy pasport egalari uchun vizani bekor qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi kuchga kiradi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytiladi.

Ikki davlatning xorijga chiqish pasportlari egalari bir-birlarining hududiga birinchi kirgan kundan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Birinchi bosqichda vizasiz tizimni joriy etish faqat Dushanbe-Tehron va Tehron-Dushanbe havo yoʻllaridan foydalanadiganlar uchun amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, iyunʻ oyida Eron TIV Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi haqida maʻʻlum qilgan edi. 

Mavzuga aloqador