09.08.2024 11:43
535
Tojikiston IIV Rossiyadan chiqarib yuborilgan muhojirlar orasida ekstremistlarni topmadi
Tojikiston Mehnat vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida respublikaning 17,1 ming fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborilgan. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi esa Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan fuqarolar orasida terroristik yoki ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarga aloqador shaxslarni topmadi
Bu haqda IIV boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdurahmon Alamshozoda matbuot anjumani chogʻida maʻʻlum qildi.
“Ularning terroristik yoki ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarini sodir etganliklari boʻyicha birorta ham fakt qayd etilmagan”, dedi u TASS jurnalistining savoliga javoban.