23.07.2025 07:18
80
Suriyaga zarba berishda davom etamiz – Bosqinchi isroil bosh shtabi rahbari
Bosqinchi isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamir sionist harbiylari uzoq davom etadigan “murakkab va keskin” vaziyatga tayyor boʻlishi lozimligini bildirdi.
U buning sababini Gʻazoda janglar davom etayotgani va isroil chegaralari boʻylab keskinlik kuchayib borayotgani bilan izohlagan.
Deyarli ikki yil ichida ilk bor oʻtkazilgan koʻp frontli vaziyatni baholash jarayonida Zamir va yuqori martabali generallar barcha jabhalardagi operativ, razvedka va strategik holatni koʻrib chiqqan.
U Gʻazodagi urushni “TsAXAL duch kelgan eng qiyin urushlardan biri” deb taъriflar ekan, soʻnggi paytlarda Gʻazoda askarlar oʻlimi koʻpayganini tan olgan.
Eyal Zamirning aytishicha, isroil Damashq va “Hizbulloh”ning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Suriyadagi nishonlarga zarba berishni davom ettiradi.