28.01.2025 15:45
Suriya Banyas neftʻ zavodini qayta qurishni boshladi
Suriya hukumati mamlakatdagi eng yirik neftʻni qayta ishlash zavodlaridan biri boʻlgan Banyas zavodini qayta qurish ishlarini boshladi. Zavod faoliyati asosiy neftʻ etkazib beruvchi boʻlgan Erondan neftʻ keltirish toʻxtatilganidan soʻng toʻxtagan edi.
Banyas zavodi direktori Ibrohim Muslimning Bloomberg Al-Sharq nashriga maʻʻlum qilishicha, qayta qurish ishlari neftʻ qayta ishlash quvvatini oshirishga qaratilgan.
Taʻʻmirlash natijasida zavodning kunlik ishlab chiqarish quvvati 90 ming barreldan 110 ming barrelga etkazilishi rejalashtirilmoqda.
Banyas zavodi Suriyada neftʻ qayta ishlash boʻyicha ikki asosiy obʻʻektdan biri hisoblanadi va mamlakatdagi ichki talabni qondirishda katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi yirik zavod esa Homs shahrida joylashgan boʻlib, u kuniga 100 ming barrelga yaqin neftʻ qayta ishlash quvvatiga ega.
Taʻʻmirlash ishlari orqali Suriya neftʻ sanoatidagi ichki ehtiyojlarni qondirish va iqtisodiy qiyinchiliklarni engib oʻtishni maqsad qilgan.