Sud “Krokus Siti Xoll”dagi terakt ishi boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchini hibsga oldi
Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan “Krokus Siti Xoll”dagi terakt boʻyicha jinoiy ish boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchi – aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar hamda ularning otasi Isroilni hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Fojia qurbonlari soni esa 139 nafarga, jabrlanganlar 361 nafarga etdi.
25 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga
binoan “Krokus Siti
Xoll”dagi terakt
boʻyicha jinoiy ish boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchini hibsga
oldi.
Aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar hamda ularning otasi
Isroil ikki oyga, 22 mayga qadar hibsga olindi.
Sud maʻʻlumotlariga koʻra, har uchala sudlanuvchi ham uyushgan
guruh tarkibida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi «b» bandi) odam
oʻlimiga olib kelgan terrorchilik xurujini sodir etganlikda ayblanmoqda.
Dilovar va Aminjon Islomovlarga nisbatan allaqachon ayblov
eʻʻlon qilingan, ularning otasi gumonlanuvchi sifatida qolmoqda.
Bir kun avval sud teraktning bevosita ishtirokchisi deb
topilgan toʻrt nafar shaxs – Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rachabalizoda,
Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni hibsga olgan edi.
Ulardan ikki nafari aybini tan oldi.
Maʻʻlumot
uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zali binosida
toʻrt nafar qurollangan shaxs tomonidan sodir etilgan terakt qurbonlari soni 139
nafarga etdi, ulardan 75 nafarining shaxsi aniqlangan. Jabrlanganlar soni esa 361
kishiga etdi (tan jarohati olganlar – 182 nafar).
“Baza”
Telegram-kanali manbalarining maʻʻlum qilishicha, jabrlanganlar sonining bunday
keskin ortishi odamlarning ommaviy ravishda psixologik yordam soʻray boshlagani
bilan izohlanadi. Ayrim hollarda bemorlar ham jabrlanuvchi hisoblanadi. Ularning
aksariyati uyqusizlik, tashvish va psixologik jarohatdan shikoyat qilmoqda.