25.12.2024 07:37
653
Sud Amsterdamdagi tartibsizliklarda antisemitizm topmadi
Amsterdam sudi Isroilning "Makkabi" futbol klubi muxlislariga qarshi koʻcha tartibsizliklari boʻyicha ishda antisemitizmni aniqlamadi.
Tartibsizliklar 8 noyabrda Isroil muxlislarining qoʻpol xatti-harakatlari — Falastin bayrogʻini yoqish, arablarga qarshi shiorlar va transport vositalarini yoqib yuborishlari oqibatida kelib chiqqan. Bu holat Gollandiya poytaxti aholisi, ayniqsa, Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlovchilarning noroziligiga sabab boʻldi.
Sud besh nafar ayblanuvchini hujum va nafrat uygʻotish kabi jinoyatlarda aybdor deb topdi. Eng ogʻir jazo — koʻchada kaltaklash uchun berilgan 6 oylik qamoq jazosi. Bir ayblanuvchi "Makkabi" futbol klubi roʻmolini yirtgani uchun bir oy qamoqqa hukm qilingan. Ammo sud bu harakatlarda antisemitizm yoki terrorchilik niyati boʻlmaganini taʻʻkidladi.
22 yoshli Abushahobga qotillikka urinish aybi qoʻyilgan, biroq uning ishi psixiatriya ekspertizasi sababli keyinga qoldirilgan. Amsterdam meri avvalroq tartibsizliklarni "antisemit pogrom" deb atagani uchun uzr soʻradi.
Shuningdek, 45 kishiga nisbatan, jumladan, uch nafar voyaga etmaganlarga tergov ishlari olib borilmoqda. Ular boʻyicha qarorlar keyingi sud jarayonlarida chiqariladi.

