25.07.2025 16:39
99
Sionistlar Al-Aqso masjidida Falastin bosh muftiysini hibsga oldi
Bugun, juma kuni Falastin bosh muftiysi hamda Al-Aqso masjidi voizi Shayx Muhammad Husayn bosqinchi isroil kuchlari tomonidan hibsga olingan.
Falastin axborot agentligi (WAFA)ning xabar berishicha, Shayxning qoʻlga olinishiga uning juma xutbasi paytida Gʻazodagi genotsidni qoralashi sabab boʻlgan.
Bundan tashqari sionistlar juma ayyomida namozxonlarning Al-Aqso masjidida namoz oʻqishiga toʻsqinlik qilmoqda. Gʻarbiy Sohilda istiqomat qiluvchi bir qancha yosh yigitlarning masjidga kirishiga yoʻl qoʻyilmagan hamda bunga eъtiroz bildirganlar qamoqqa olingan.