03.09.2025 13:21
78

Sionist matbuoti Suriya prezidentini HAMASni qayta tiklashda ayblamoqda



Bosqinchi isroil matbuoti Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъni HAMAS va islomiy jihodga Shom diyorida oʻzini qayta tiklashga yashirincha ruxsat berganlikda aybladi.

isroil razvedkasi bilan aloqasi borligi aytilayotgan Netziv veb-saytiga koʻra, Damashq falastinlik guruhlarga Suriya hududida oʻz infratuzilmasini qayta qurishga ruxsat bergan.

Hayъat Tahrir ash-Shom (HTSh)ga aloqador manbalardan olingani aytilayotgan tasdiqlanmagan maъlumotlarga koʻra, bu tashkilot yuzlab HAMAS aъzolarining ozod etilishiga yordam bergan. Bu odamlar 2011-yildan beri, Xamas etakchilari Damashqdan chiqarib yuborilganidan keyin Bashar Asad kuchlari tomonidan hibsda saqlangan.

Asad muxolifat tomonidan agʻdarilganidan soʻng, HTSh rahbariyati goʻyoki Suriya hududida Falastin tashkilotlari kuchlarini tiklashga qaror qilgan. Suriya hukumati bu xabarlarni inkor etgan.

Mavzuga aloqador