05.06.2024 07:31

Shveytsariya parlamenti Falastinni davlat sifatida tan olmasligini maʻʻlum qildi



 

Shveytsariya Milliy kengashi deputatlari Falastinni davlat sifatida tan olish taklifiga qarshi ovoz berdi. Matnda "Milliy kengash Falastinni tan olishni istamasligi va shuning uchun seshanba kuni tsyurixlik Sotsial-demokratik partiya (SDP) aʻʻzosi Fabian Molina tomonidan ovozga qoʻyilgan tegishli tashabbusni rad etgani" aytiladi. 
 
Bu taklifga 131 nafar ovozdan 61 foizi qarshi ovoz berdi, deb xabar qildi parlament matbuot xizmati.
 Molina "2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan oʻgʻirlab ketilgan garovga olinganlarni ozod qilish sharti bilan" Falastinni 1967 yil chegaralaridagi davlat sifatida tan olish uchun ovoz berishni taklif qildi.

Molina oʻz hamkasblariga Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya allaqachon Falastinni davlat sifatida tan olganini va tan olinishi “mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʻʻminlashga yordam berishini” eslatdi.

 Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis Yaqin Sharqda ikki davlat tamoyiliga asoslangan kelishuvni qoʻllab-quvvatladi, biroq Gʻazo sektoridagi hozirgi urushni inobatga olgan holda, buning vaqti hali etmaganini aytdi. Shuningdek, u Shveytsariya konstitutsiyasiga koʻra, xalqaro masalalar uchun parlament emas, mamlakat hukumati masʻʻul ekanini aytdi.

Mavzuga aloqador