30.04.2024 11:30

Senegal frantsuz tili oʻrniga arab tilini rasmiy til sifatida qabul qildi

Senegal frantsuz tili oʻrniga arab tilini rasmiy til sifatida qabul qildi

1960 yilda Frantsiya mustamlakasidan ozod boʻlgan Senegal ilk bor frantsuz tilidan voz kechib, arab tilini mamlakatning rasmiy tili sifatida eʻʻlon qildi.

1960 yilda Frantsiya mustamlakasidan ozod boʻlgan Senegal hukumati frantsuz tilidan voz kechib, arab tilini rasmiy muqobil til deb eʻʻlon qildi qaror qildi. Bu haqda Arabia.com nashri xabar bermoqda.

Senegal hukumatining qarori yakshanba kuni boʻlib oʻtgan Vazirlar Mahkamasi yigʻilishidan soʻng qabul qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror Senegaldagi siyosiy oʻzgarishlar nuqtai nazaridan misli koʻrilmagan qadam boʻlib, yosh muxolifat etakchisi Bassiru Diomay Fayning mamlakat prezidenti sifatida faoliyatini boshlaganidan (2 aprelʻ kuni) koʻp oʻtmay qabul qilingani ahamiyatlidir.

Saylangan prezident 26 mart kuni televidenie orqali qilgan murojaatida: “Men xalqaro hamjamiyatga, ikki va koʻp tomonlama hamkorlarimizga shuni aytmoqchimanki, Senegal doimo oʻz pozitsiyasini saqlab qoladi va hamkorlik qiladigan har qanday sheriklar uchun doʻstona, xavfsiz va ishonchli mamlakat boʻlib qoladi”, - dedi.

Bassiru Diomay Fay oʻz mamlakatining xalqaro munosabatlarini toʻrtta ustunga asoslaydigan yangi qarashni taklif qildi: birinchi ustun, uning fikricha, tashqi dunyoga bogʻliq boʻlgan milliy suverenitetni tiklashdir. Ikkinchisi esa mamlakat boyligini Gʻarb nazoratidan ozod qilish. Uchinchisi - Afrika birligi. Toʻrtinchi ustun - Senegal munosabatlarini u sharafli, hurmatli va samarali hamkorlik deb atagan jihat ustida barpo etish.

Eslatib oʻtamiz, Bassiru Diomay Fey Senegal prezidenti etib saylanganidan keyingi tarixiy murojaatida Frantsiya harbiy kuchlarini mamlakatni tark etishga chaqirgan edi. Shuningdek, u Parij bilan oldingi barcha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini taʻʻkidladi, bu esa koʻproq siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish istagini aks ettiradi.

Mavzuga aloqador