02.08.2024 11:40
530

Saudiya Arabistonida 105 yoshli onaxon oʻqish-yozishni oʻrganishni boshladi

Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan boshlangan savodxonlik kampaniyasi doirasida 800 dan ortiq keksa yoshdagi erkak va ayollar oʻqish-yozish, jumladan, Qurʻʻoni karim tilovatini oʻrganishni boshladi. Ular orasida 105 yoshli Shakraa Tohari ham boʻlib, u Fotiha va Qurʻʻoni karimdan qisqa suralarni oʻqishni boshlaganidan xursandligini bildirdi.

Saudiya Arabistoni Taʻʻlim vazirligi tomonidan joriy yilning yozida Jizandagi Taʻʻlim bosh boshqarmasi orqali boshlangan savodxonlik kampaniyasida 800 dan ortiq keksa erkak va ayol, jumladan, 105 yoshli ayol ishtirok etdi, deya xabar qildi Arab News.

Viloyatning Samta, Ahad al-Masarixa, El-Xart va El-Arida tumanlarida joylashgan 28 ta oʻquv markazida 233 nafar erkak va 599 ayol tahsil olmoqda.

Ulardan biri 105 yoshli Shakraa Toxari boʻlib, u Ahad Al-Masarix shahridagi Al-Dabra taʻʻlim markazi oʻqish-yozishni oʻrgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, sinf taxtasi oldida turib alifbo harflariniyozish, oʻtirgan joyida raqamlarni yozish va oʻqish, Fotiha surasini yoki Qurʻʻoni Karimdan qisqa suralarni oʻqish unga zavq bergan.

"100 yoshdan oshgan boʻlsam-da, oʻqish va yozishni oʻrganishga ishtiyoq bilan qaradim. Bu mening koʻp yillar, oʻnlab yillar davomida kutgan orzuim", - dedi u.

“Barcha qiyinchiliklarga va qariganimga qaramay, bu orzuim haqiqatga aylandi. Bu men hech qachon qoʻldan boy bermagan oltin imkoniyatdir”, - dedi Tohari.

Onaxonning aytishicha, butun umri davomida besh oʻgʻil va toʻrt qizni tarbiyalagan. Ularga taʻʻlim berib, umrini ularga bagʻishlagan. Ularga nimanidir oʻrgatishni va uy vazifalarini bajarishda yordam berishni xohlagan.