13.08.2025 14:29
138
Saudiya Arabictoni isroilga qurol etkazib beryaptimi?
Jurnalist va siyosiy tahlilchi Sharmine Narvani "X" tarmogʻidagi shov-shuvli xabarda taъkidlashicha, islomning ikki muqaddas maskanining muhofizi sanalgan Saudiya Arabistoni falastinlik musulmonlarga qarshi qoʻllanilishi uchun isroilga qurol etkazib bermoqda.
Sharmine musulmon xalqlarga murojaat qilib, "bu haqiqatni unutmasligi kerakligi"ni aytib oʻtgan.
Gap shundaki, oldinroq Italiya matbuotida Genuya portidagi ishchilar isroilga qurol olib ketayotgani aytilayotgan Saudiyaning “Bahri Yanbu” kemasini toʻsib qoʻygani haqida xabarlar paydo boʻldi.
Bu harakat Italiyaning isroil va uning imperialistik ittifoqdoshlarini qurollantirishiga norozilik sifatida amalga oshirilgan.
AQShdan kelgan kema Italiyaning yirik qurol ishlab chiqaruvchi korporatsiyasi Leonardo mahsulotlarini ham olib ketishi kerak boʻlgan.
Gʻazodagi genotsidga sherik boʻlishni xohlamagan ishchilar esa qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, bronetexnika va tanklarning kemaga yuklanishiga yoʻl qoʻymagan.