Salaflar qalb haqida
Tobeinlardan Mujohid ibn Jabr rahimahulloh aytadi:
"Qalbni inson kaftiga mengzatsa boʻladi; kishi bir gunoh
qilsa qalbidan bir barmoq bukiladi, yana bir gunoh qilsa yana biri hatto, hamma
barmogʻi bukilgach, mushtdek qotadi-da, keyin unga muhr uriladi..." Hilyatul
avliyo kitobi, 3/282.
* * *
Makhul Dimashqiy rahimahulloh:
"Eng kam gunoh qilganlar eng qalbi yumshoq
kishilardir". Imom Ahmadning Zuhd kitobi, 463-bet.
* * *
Umar ibn Solih rahimahulloh: "Ahmad ibn Hanbaldan
soʻradim:
- Qalb nima bilan yumshaydi?
Menga qarab-qarab turgach, javob berdi:
- Nima bilan boʻlar edi, halol eyish bilan". Tabaqotul
hanobila, 1/219.
* * *
Yahyo ibn Muoz rahimahulloh:
"Qalblar ozuqasi zikr (Allohning zikri), aqllar ozuqasi
fikrdir". Tarixi Bagʻdod, 2/136.
* * *
Masruq ibn Ajdaʻʻ rahimahulloh:
"Kimki qalbi ichidagi kechinmalariga Allohni nazoratchi
qilsa, Alloh uni xatti-harakatlarida muhofaza qiladi". Sifatus safva,
4/368.
* * *
Yahyo ibn Muoz rahimahulloh:
"Qalblar xuddi qaynab turgan qozonga oʻxshaydi, choʻmichlari
esa tillardir. Kishining nima deyishiga boqing, chunki uning tili qalbida qaynab
turgan narsani beradi: shirin boʻlsin, nordon boʻlsin, achchiq boʻlsin, chuchuk
boʻlsin". Hilyatul avliyo, 10/63.
* * *
Ibrohim Xavvos rahimahulloh:
"Qalb davosi besh narsadir: Qurʻʻonni tadabbur ila
(oyatlar magʻzini chaqib) oʻqish, qorinni xoli-och qilish, tungi namoz, sahargi
tazarru, solihlar bilan oʻtirish". Zammul havo, 70-bet.
* * *
Ibn Rajab rahimahulloh:
"Taqvo va aksi boʻlmish fujurning asosi qalbdir. Qalb
iffatli boʻlib taqvo qilsa, aʻʻzolar ham pokizalashadi, qalb buzilsa, aʻʻzolar-da
buziladi". Jomiul ulumi val hikam, 1/229.
Ey Rabbim! Oʻzing qalbimizni isloh qil! Omin.