17.02.2025 12:30
902

"Safingizda boʻlishni istardim". Ozod etilgan isroillik asirning soʻzlari koʻpchilikni hayratlantirdi



Falastin qarshilik harakati tomonidan asirga olingan va keyinchalik ozod qilingan yahudiy Aleksandr Turbonov  tutqunlikda boshidan oʻtkazganlari haqida hayratlanarli bayonot berdi. U falastinliklar bilan oʻtkazgan 498 kunlik qamal vaqtida oʻziga nisbatan koʻrsatilgan mehribonchiliklarni eъtirof etdi.

"Siz menga ota bolalariga qanday gʻamxoʻrlik qilsa, shunday mehribonlik koʻrsatdingiz. Bu esa mening xotiramda abadiy qoladi", degan u koʻzidagi yosh bilan. 

Ushbu bayonot bosqinchi isroil rasmiylarini hayratlantirish barobarida, turli bahslarni ham yuzaga keltirdi. Ayniqsa Turbonovning ortiga qaytib, ozodligi uchun kurashayotgan falastinliklar safida boʻlishni istashi haqidagi soʻzlari ayrim vahshiy sionist amaldorlarining gʻazabini ham qoʻzgʻatgan.

Mavzuga aloqador