19.12.2024 08:52
Rus deputati: Kiev rejimi Rossiyadagi teraktlar orqali Markaziy Osiyo bilan ziddiyat qoʻzgʻatmoqchi
Rossiya Davlat Dumasi MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Konstantin Zatulinning taʻʻkidlashicha, Ukraina maxsus xizmatlari Rossiyada sodir etayotgan teraktlar nafaqat Rossiyaga zarar etkazish, balki Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni buzish maqsadini ham koʻzlamoqda.
Zatulinga koʻra, Kiev rejimi Rossiyada sodir etilayotgan teraktlarda sobiq Sovet Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini jinoyatchi sifatida koʻrsatishga harakat qilmoqda. Bu orqali ular Rossiya va Markaziy Osiyo oʻrtasida ziddiyat qoʻzgʻatishga urinmoqda.
Teraktlar orqali Rossiyada muhojirlarga qarshi kayfiyatlarni kuchaytirish, shu bilan birga Oʻzbekiston, Tojikiston va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni buzishga qaratilgan boʻlishi mumkin.
Deputat ayrim guruhlarning Oʻzbekistonni jinoyatlarda ayblashga urinishlarini keskin tanqid qildi va bunday xatti-harakatlar Oʻzbekiston Respublikasini jinoyatga sheriklikda ayblash bilan teng ekanligini qayd etdi.
Zatulin “Prezident Mirziyoevni general Kirillov qotillariga yordam berganlikda gumon qiluvchilar bormi?” degan savolga u millatchilik kayfiyatlari ortida kimlarningdir buyruqlari yotishini taʻʻkidladi.
Ukraina rejimi Rossiyadagi teraktlar orqali nafaqat xavfsizlikka tahdid solmoqda, balki Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikka zarar etkazishga harakat qilmoqda. Zatulin bu borada provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirdi.