Rossiyadagi musulmonlar qabristoni toptaldi
Ryazan viloyatining Kasimov shahrida nomaъlum shaxslar musulmon qabristoniga hujum qilib, bir nechta yodgorliklarni vayron qildi. Bu haqda Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi xabar berdi.
Maъlum qilinishicha, toʻrtta qabr toshini erga agʻdarib tashlagan. Ular orasida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Kasimovda tugʻilgan va Kursk jangida jasorat koʻrsatgan Mahmud Davlitsarovning yodgorlik toshi ham bor.
Mahmud Davlitsarov urushda koʻrsatgan jasorati uchun “Ikkinchi Jahon urushi I darajali” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Xabarda aytilishicha, mazkur hodisa yuzasidan hozirda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Rossiyaning Stavropol oʻlkasida jamoat joylarida namoz oʻqilgani uchun 300 ming rublgacha (3700 dollar) jarima belgilangani maъlum qilingan edi.