16.04.2025 12:22
123

Angliyada musulmonlarning qabri tahqirlandi

Angliyaning Uotford shahridagi qabristonda nomaъlum shaxslar 85 ta musulmon bolaga tegishli qabrga shikast etkazdi. 


Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov jarayoni boshlangan. 


Rasmiylarga koʻra, qabr toshlari jiddiy zarar koʻrgan boʻlib, ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab boʻlgan.


Shahar meri maslahatchisi Abbos Merali hodisani “sharmandali va yurakni ezuvchi holat” deb atagan. Politsiya inspektori Uill Rojers-Overi esa hududda patrullik xizmati kuchaytirilganini maъlum qildi. 


Mavzuga aloqador