27.03.2025 09:20
205
Rossiyada migrantlarning raqamli profili joriy etiladi
Aziya-Plyus nashri Rossiyada migrantlarning raqamli profillari 30 iyundan boshlab joriy etiladi, deya xabar bermoqda. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Davlat Dumasidaga bergan hisobotida maъlum qildi.
Hukumat rahbariga koʻra, mamlakatda 2024 yil 1 dekabrdan boshlab xorijliklarning kirish-chiqishini qatъiy nazorat qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazilmoqda.
Xususan, Moskva aeroportlarida chegarani kesib oʻtishda chet elliklar majburiy biometrik roʻyxatdan oʻtmoqda. Bu tizim mamlakatga kirishi taqiqlangan shaxslarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
2025 yil fevraldan esa Rossiyada noqonuniy yashayotgan chet elliklarni nazorat qilish uchun davlat xizmati ishga tushirilgan boʻlib, unda hozirda 640 mingdan ortiq migrant bor. Ularning 30 aprelgacha oʻz maqomini qonuniylashtirishlari talab qilinmoqda.