25.03.2025 17:20

Rossiya migrantlar uchun soliqni oshirmoqchi

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi Davlat Dumasiga patent bilan ishlayotgan migrantlardan 30 foizlik daromad soligʻi undirish taklifini kiritdi. 


Partiya raisi Leonid Slutskiy bu soliq kamligini taъkidlab, byudjetga koʻproq mablagʻ tushishini, uni bolali oilalar va hududlar rivojiga yoʻnaltirish mumkinligini aytgan.


Unga koʻra, 2024 yilda Rossiyada migratsiya 568,5 ming kishiga etdi – bu 1995 yildan beri eng yuqori koʻrsatkich. LDPR rahbarining fikricha, migrantlar Rossiyada «yanada koʻproq pul qoldirishi» kerak va ular uchun umumiy 30 foizlik daromad soligʻi tartibini joriy etish zarur.


Maъlumot uchun, ayni paytda Rossiya fuqarolaridan undiriladigan daromad soligʻi stavkalari 13–22 foiz orasida.

Mavzuga aloqador