Rossiyada din va tarbiya orqali tugʻilishni ragʻbatlantirish taklif qilindi
Rossiya Davlat Dumasi deputati Irina Filatova tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun ajratilayotgan pullar samara bermasligi, buning uchun din va tarbiyaning rolini kuchaytirish lozimligini taʻʻkidladi. “Aholining koʻpayishining kaliti pul emas, balki taʻʻlim, axloqiy-etik va diniy asoslar, jamiyatning bolalarni inson hayoti normalligining ajralmas qismi sifatida qabul qilishidir ", - deya taʻʻkidladi u.
"Noanʻʻanaviy
qadriyatlar" va oʻz-oʻzini rivojlantirish gʻoyalari Rossiya axborot maydonidan
yoʻqolishi kerak va tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun pul ajratish natija bermaydi, deb
hisoblaydi Rossiya Davlat Dumasi deputati Irina Filatova.
“Muammoni
hal qilish maqsadida tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun katta miqdorda mablagʻ ajratish
etarli, deb oʻylash katta xato. Aholining koʻpayishining kaliti pul emas, balki
taʻʻlim, axloqiy-etik va diniy asoslar, jamiyatning bolalarni inson hayoti
normalligining ajralmas qismi sifatida qabul qilishidir ", - deb Filatova
soʻzlaridan iqtibos keltiradi
«Govorit Moskva».
Uning
soʻzlariga koʻra, turmush darajasining yuksalishi, taʻʻlim olish, tibbiyot va
kasb-hunar egallash imkoniyatlari oilalarning koʻp farzandli boʻlishni, hattoki
birinchi farzandli boʻlishni xohlamasligiga sabab boʻlmoqda. Uning qoʻshimcha
qilishicha, rivojlangan mamlakatlarda farovon turmush tarzi farzand koʻrish istagiga
taʻʻsir qilmaydi.
“Farzandsizlik, noanʻʻanaviy munosabatlar, anʻʻanaviy oilaviy
qadriyatlarni isteʻʻmolchilik, oʻz-oʻzini rivojlantirish, mushuk va itlar bilan
almashtirish gʻoyalari barcha darajadagi axborot maydonidan yoʻqolib ketishi kerak”, —
taʻʻkidladi deputat.
Bunga
qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatdan ruslarni koʻproq tugʻishga
ishontirishni talab qilgandi.
Uning taʻʻkidlashicha, "bir vaqtlar Rossiyada serfarzandlik urf boʻlgani,
oilalar etti, toʻqqiz kishidan tashkil topgan”. Serfandlik mamlakatda ishchi kuchi
taqchilligi muammosini hal qilishga yordam beradi.
Avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasi Markaziy Iqtisodiyot va
matematika instituti direktori Albert Baxtizin hukumatni kelajakda mamlakat
aholisining butunlay yoʻq boʻlib ketishining oldini olish uchun “maxsus demografik
operatsiya” oʻtkazishga chaqirgan edi.
“Biz yiliga 500-600 ming odamni yoʻqotyapmiz. Hududning kattaligi va
iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan oʻsish surʻʻatlarini saqlab qolish maqsadida koʻp sonli odamlarga ehtiyoj
borligini hisobga olsak, bu milliy xavfsizlikka tahdid tugʻdiradi", - dedi
Baxtizin.
Olim BMTning
asr oxiriga borib Rossiya aholisi 120,5 million kishiga qisqarishi haqidagi prognozini eslab
oʻtdi. Shu bilan birga, ekspert Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan
moliyalashtiriladigan Aholi salomatligini oʻlchash va baholash institutining 106
million kishisi haqida yanada pessimistik taxmin borligini ham taʻʻkidladi.
Uning
qoʻshimcha qilishicha, Rossiya Fanlar akademiyasining prognozlariga koʻra, tugʻish
yoshidagi – 15-49 yoshdagi, reproduktiv – 20-29 yoshdagi ayollar soni sezilarli
darajada kamaygani Rossiyada tugʻilish darajasining yanada kamayishiga olib keladi.
"Bizning hisob-kitoblarga koʻra, 30-yilga kelib, bunday ayollar soni 9
foizga kamayadi", - deya aniqlik kiritdi Baxtizin.
2023 yil
oxirida Rossiyada tugʻilish darajasi (reproduktiv yoshdagi ayolga toʻgʻri keladigan
oʻrtacha bolalar soni) 1,4 ga tushdi. Bu – 17 yillik minimal, tugʻilishlar soni esa ketma-ket
10 yildan ortiq vaqtdan beri har yili kamayib bormoqda. Putin beshinchi vakolat
muddati boshlanganidan soʻng darhol imzolagan farmonga koʻra, davlat rahbari
tugʻilishning umumiy koʻrsatkichini 2030 yilgacha 1,6 ga, 2036 yilgacha esa 1,8 ga
oshirish talab qilingan.