Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi
Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi “Tolibon”ning mamlakat hududidagi faoliyatiga qoʻyilgan taqiqni toʻxtatdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
Sudya Oleg Nefedov chiqargan qarorda shunday deyilgan: “Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining maъmuriy daъvo arizasi qanoatlantirilsin”.
Qayd etilishicha, sud majlisi yopiq eshiklar ortida oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval, mart oyi oxirida Rossiya Bosh prokuraturasi Oliy sudga “Tolibon” harakati faoliyatiga nisbatan amaldagi taqiqni bekor qilish haqidagi soʻrov bilan murojaat qilgandi.
Maъlumot uchun, “Tolibon” 2021 yilda AQSh qoʻshinlarining Afgʻoniston hududidan chiqib ketishidan soʻng hokimiyatni qoʻlga kiritgan edi.
Shundan beri Rossiya rasmiylari harakatning huquqiy maqomini qayta koʻrib chiqish ehtimoli borligini bir necha bor maъlum qilgan.