Rossiya gazi bir trillion rublьdan ortiq zarar koʻrdi
Evropani qish chillasida muzlatish urinishining muvaffaqiyatsiz yakuni Rossiya uchun asosiy gaz bozoridan ayrilish bilan tugadi va bu "Gazprom"ni moliyaviy yoʻqotishga duchor qildii. 2024 yil yakunlariga koʻra, gaz monopoliyasi 1,076 trillion rublь sof zarar koʻrgan. Bu haqda dushanba kuni eъlon qilingan Rossiya buxgalteriya hisobi standartlari (RSBU) boʻyicha hisobotda maъlum qilindi.
"Gazprom"ning pul yoʻqotish tezligi oʻrtacha haftasiga 20,6 milliard rublьni, kuniga 2,94 milliard rublьni va soatiga 122 million rublьni tashkil etdi.
Mazkur zarar "Gazprom" bosh ofisi va uning asosiy gaz biznesi natijalari boʻyicha hisoblangan. RSBU boʻyicha hisobotga faqat ushbu koʻrsatkichlar kiritilgan boʻlib, kompaniyaning neft biznesi, suyultirilgan gaz (SPG) hamda energetika aktivlari kabi shoʻba korxonalari hisobga olinmagan, deya taъkidlaydi BKS kompaniyasi tahlilchisi Ronald Smit.
Umuman olganda, "Gazprom"ning daromadi 11% ga oshib, 6,2 trillion rublьga etgan, gaz savdosidan tushgan daromad esa 14% oʻsib, 3,98 trillion rublьni tashkil qilgan. Biroq kompaniya yilni 192 milliard rublь zarar bilan yakunladi.