17.04.2024 14:32

Rossiya Chernigovga raketa hujumi uyushtirdi, 11 kishi halok boʻldi, 22 kishi yaralandi

Rossiya harbiylari Ukrainaning Chernigov shahriga zarba berdi, natijada 11 kishi halok boʻldi, yana 22 kishi yaralandi. Vayronalar ostida hali ham odamlar boʻlishi mumkin.

Rossiya harbiylari Ukrainaning Chernigov shahriga zarba berdi, natijada 11 kishi halok boʻldi, yana 22 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ukraina Ichki ishlar vazirligi. Vayronalar ostida hali ham odamlar boʻlishi mumkin.

Chernigov viloyati maʻʻmuriyati rahbari Vyacheslav Chausning soʻzlariga koʻra, shaharga uchta raketa zarbasi berilgan. "Oʻlgan tinch aholi bor, koʻplab yaradorlar bor, hozirda barcha kerakli yordam koʻrsatilmoqda", deb yozdi u.

Mer vazifasini bajaruvchi Aleksandr Lomakoning aniqlik kiritishicha, raketa shaharning kichik mavzularidan biridagi koʻp qavatli uyga kelib tushgan. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, ushbu binoning devori vayron boʻlgan, avtomobillar va qoʻshni uylarga ham zarar etgan.

Avvalroq Odessa viloyati va Krivoy Rogda ham portlashlar yuz bergani haqida xabar berilgandi. Ishgʻol qilingan Qrimdagi Jankoy harbiy aerodromi hududida ham portlashlar eshitildi. Mahalliy telegram kanallari yongʻin aks etgan videoni eʻʻlon qildi. Rossiya armiyasining asosiy logistika markazi Jankoyda joylashgan boʻlib, u hujum vertolyotlari uchun baza hisoblanadi.

Mavzuga aloqador