23.04.2025 06:38
38

Rossiya Afgʻoniston orqali Janubiy Osiyoga chiqmoqchi

Rossiya Afgʻoniston orqali Janubiy Osiyoga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar berdi.


Maъlum qilinishicha, may oyida Qozonda oʻtkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi” forumida Afgʻoniston delegatsiyasi ham tashrif buyuradi.


Forumda muhokama qilinadigan loyihalar qatorida TAPI gaz quvuri (Turkmaniston – Afgʻoniston – Pokiston – Hindiston) va Transafgʻon temiryoʻli mavjud.


Xabarga koʻra, loyihalar orqali Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻoniston hududi orqali Fors koʻrfazi va Hind okeani portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega boʻladi.


TAPI quvuri Turkmaniston gazini eksport qilish uchun, TAPI-2 loyihasi Rossiyadan energiya resurslarini etkazib berish uchun moʻljallangan. Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulov, Afgʻonistonning boy tabiiy resurslari va strategik joylashuvi uni Rossiya, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi muhim tranzit koʻprikka aylantirishini hamda bu holat mintaqaviy hamkorlik uchun katta imkoniyatlar yaratishini taъkidladi.


Shuningdek, forumda quyidagi temiryoʻl loyihalari muhokama qilinadi:


Termiz – Naibobod – Logar – Xarlachi;


Mozori Sharif – Hirot – Dilarom – Qandahor – Chaman.


Ularning umumiy uzunligi 573 km boʻlib, yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish quvvatiga ega.

Mavzuga aloqador