21.04.2025 17:58
59

Afgʻoniston Rossiyani anor va sharbat bilan taъminlamoqda

Rossiya Oliy sudi “Tolibon” harakatining mamlakatdagi faoliyatiga qoʻyilgan taqiqni vaqtincha bekor qilgandan soʻng, Rossiya va Afgʻoniston oʻrtasida iqtisodiy aloqalar faollasha boshladi.


Afgʻoniston Rossiyaga anor, mayiz, sharbat va qoʻlda toʻqilgan gilamlarni etkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakat jun va paxta mahsulotlarini ham eksport qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda.


Mash nashri maъlumotlariga koʻra, yaqin kelajakda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshishi mumkin.


Maъlumot uchun, 2022 yildan boshlab — 30 yillik tanaffusdan soʻng — Afgʻonistondan Rossiyaga Qandahor anori qayta sotila boshlangan. Rossiya esa oʻz navbatida Afgʻonistonga neftь mahsulotlari, gaz va bugʻdoy etkazib bermoqda.

Mavzuga aloqador