26.04.2025 15:40
24

Qrim Rossiya bilan qoladi –Tramp

Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi, ammo yarimorol unga oʻtib ketishiga Barak Obama aybdor. Bu gaplar AQSh prezidenti Donald Trampning Time jurnaliga bergan intervyusidan olingan. 


AQSh etakchisi urushni 24 soat ichida toʻxtatish haqidagi vaъdasini "hazil" va "mubolagʻa" deb atagan.


Boshqa bir javobida Tramp oldin ham bir necha bor takrorlaganidek, Rossiyaning Ukraina bilan urushini "Baydenning urushi" deb atagan. 


AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan etkazilgan takliflarda AQSh de-fakto Rossiyaning Lugansk oblasti va Zaprojjya, Donetsk va Xerson oblastlari ustidan qisman nazoratini tan olishga tayyor. Ukraina hududiy masalada faqat "Xarkiv oblasti ustidan nazoratini qayta tiklaydi" – Rossiya qoʻshinlari uning kichik qismini egallagan xolos.

Mavzuga aloqador