07.07.2025 14:00
61

Qodirov 60 mingdan ortiq chechenni urushga yuborganini aytdi



Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, "Ukrainadagi urushda ishtirok etish uchun 60 344 nafar jangchi yuborilgan".

Urushga yuborilganlarning 22 064 nafari koʻngillilardir, ayni paytda jangovar harakatlar zonasida 13 ming jangchi bor. 

"Hozir frontda mudofaa vazirligi, “Rosgvardiya”, “Axmat” maxsus kuchlari va Checheniston ichki ishlar vazirligidan 11 mingdan ortiq yigitlarimiz bor”, deb yozgan Qodirov oʻshanda oʻzining Telegram kanalida.

Chechenistondan yuborilgan xavfsizlik kuchlarining umumiy soni toʻgʻrisidagi maъlumotlarga kazarma sharoitida boʻlgan, taъtildagi yoki jang maydonidan rotatsiya doirasida qaytgan harbiylar kiritilmagan. Huquq himoyachilari maъlumotlariga koʻra, Chechenistonda shartnomalarni imzolashga majburlash amaliyoti mavjud. 

Maъlumot uchun, Qodirov 7 may kuni Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda urush boshlanganidan beri Chechenistondan 55,5 ming jangchi, jumladan, 21,6 ming koʻngilli yuborilganini aytgandi.

Mavzuga aloqador