15.01.2024 10:02

Maldiv orollari Hindistondan qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqishni talab qildi

 

Maldiv orollari Hindistondan oʻz qoʻshinlarini 15 martgacha mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qildi.

Maldiv orollari Hindistondan 15 martgacha oʻz qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qilganini bildirdi.

Mamlakat prezidenti Muhammad Muizzuning davlat siyosati boʻyicha kotibi Abdulloh Nozim Ibrohim matbuot anjumanida Maldiv va Hindiston rasmiylari poytaxt Maleda hind qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini maʻʻlum qildi.

Maldiv orollaridagi 88 nafar hind askarining 15 martgacha mamlakatni tark etishi kerakligini taʻʻkidlagan Ibrohim Hindiston harbiylari Maldiv orollarida qola olmasligi, bu prezident Muhammad Muizzu va ushbu maʻʻmuriyatning pozitsiyasi ekanini bildirdi.

"Maldiv orollari kichik boʻlishi mumkin. Biroq bu hech bir davlatga bizga nisbatan hurmatsizlik qilish huquqini bermaydi”, - dedi Xitoyga 5 kunlik tashrifidan soʻng shanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida prezident Muizzu.

Prezident Maldiv orollari hech bir davlatning orqa hovlisi emasligini taʻʻkidlab, “Biz mustaqil va suveren davlatmiz”, - deya qoʻshimcha qildi.

Muizzu Male meri boʻlgan va 2023 yilning 30 sentyabrida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida 54,06 foiz ovoz olib, amaldagi prezident Ibrohim Muhammad Solihni ortda qoldirdi.

Muizzu «Xitoyparast» nomzod sifatida koʻrilgan boʻlsa, uning raqibi Solih esa «Hindistonparast» deb hisoblangan.

Yangi saylangan prezident saylovoldi tashviqoti chogʻida Hindiston bilan munosabatlar ustuvor hisoblangan mamlakatning anʻʻanaviy tashqi siyosatiga chek qoʻyishini maʻʻlum qildi va lavozimga kirishishi bilanoq Hindistondan harbiy xizmatchilari va texnikasini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qildi.

4 yanvarʻ kuni mamlakat prezidenti Muhammad Muizzu prezidentlikka saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifini anʻʻanaga koʻra Hisdistonga emas, balki Xitoyga amalga oshirdi.

Avvalroq, 7 yanvarʻ kuni esa Maldiv Yoshlar siyosati vazirligining uch nafar xodimi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Hindiston va uning bosh vazirini “mazharaboz” va “Isroilning qoʻgʻirchogʻi” deb atagani Hindistonda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu xodimlar ishdan boʻshatilganiga qaramasdan, Hindistondagi ikkinchi eng yirik sayyohlik platformasi hisoblangan EaseMyTrip Maldiv mehmonxonalarini band qilishni toʻxtatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda 8 mingdan ortiq hindistonlik sayyohlar orollarga borish rejasidan qaytib, bronlarni bekor qilganini bildirdi.

Mavzuga aloqador