16.11.2024 10:04

Qatar rasmiy tashkilotlarida "yoshi kattalar" oʻrniga "qadri buyuklar" atamasi joriy etiladi


Qatar hukumati rasmiy yozishmalar va xatlarda "yoshi kattlar" ("kibar-us sin") atamasi oʻrniga "qadri buyuklar" ("kibar-ul qodr") atamasini qoʻllashga qaror qildi, deya xabar bermoqda "Al-Jazira". Yangi atama kattalarning faqat yoshini emas, balki ularning hayotdagi tajriba va bilimlarini ham yuksak qadrlashga asoslanadi.  

Qatar hukumati rasmiy yozishmalar va xatlarda "yoshi kattlar" ("kibar-us sin") atamasi oʻrniga "qadri buyuklar" ("kibar-ul qodr") atamasini qoʻllashga qaror qildi. Ushbu qaror kattalarga nisbatan hurmat va qadrlovni oshirish maqsadida qabul qilindi.

Yangi atama kattalarning faqat yoshini emas, balki ularning hayotdagi tajriba va bilimlarini ham yuksak qadrlashga asoslanadi. Qaror ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan katta olqishlarga sazovor boʻldi. Chunki bu atama kattalarga nisbatan yuqori qadr-qimmat berishga hissa qoʻshadi va ularning jamiyatdagi muhim rolini yanada ajratib, namoyon qiladi.

Xalqaro musulmon olimlar birlashmasi raisi Ali al-Qaradogʻiy oʻzining “X” platformasida "qadri buyuklar" atamasining qabul qilinishi jamiyatdagi kattalarning oʻrnini va ularning jamiyatdagi muhim rolini namoyon qiladi, deya izoh berdi.

Biroq ayrimlar bu qaror faqat atama oʻzgartirilishi bilan cheklanmasligi kerakligini taʻʻkidlashmoqda. Jumladan, kattalarga davlat tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, davlat xizmatlari va hatto jamoat joylarida ustuvorlik berilishi zarurligini tilga olingan. Maxsus avtoturargohlar ajratish, muolajalar uchun navbatlarda oldinga oʻtkazish kabi amaliy chora-tadbirlar ham shular jumlasidan.

Mavzuga aloqador