10.09.2025 09:30
70

Qatar bosqinchi isroilga javob qaytarmoqchi



Kuni kecha terrorchi isroil Qatar poytaxtidagi turar joy hududiga hujum qilgan va bu orqali HAMAS rahbariyatini nishonga olganini maъlum qilgandi. 

"Al-Jazira"ning xabar berishicha, Qatar ushbu zarbalar uchun yahudiy davlatiga javob qaytarishga tayyorlanmoqda. 

Gap shundaki, ayni paytda HAMAS etakchilari Dohada prezident Donald Trampning oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha taklifini muhokama qilayotgan boʻlgan. Keyinroq ularning bu aviazarbalardan omon qolgani bildirilgandi. 

Biroq ushbu muzokaralarda qatnashayotgan olti kishi, jumladan, bir nafar Qatar xavfsizlik xodimi ham halok boʻlgan. Doha bu hujumni “terroristik akt” deb atadi. Shu sababli javob qaytarishini va hujum “eъtibordan chetda qolmasligini” eъlon qildi.

Mavzuga aloqador