28.03.2024 16:25

Putin: Ukrainaning F-16 samolyotlari uchirilgan uchinchi davlatlarning aerodromlari qonuniy nishonga aylanadi

RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina F-16 samolyotlarini uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchirsa, ushbu aeroportlar Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanishini maʻʻlum qildi. Putin, shuningdek, Rossiyaning boshqa davlatlarga hujum qilishi ehtimoli haqida gapirib, “Rossiya faqat ruslar uchun” chaqirigʻiga munosabat bildirdi.

Ukrainaning F-16 qiruvchi samolyotlarini uchirishda uchinchi davlatlar aerodromlaridan foydalanilsa, ushbu aerodromlar Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tver viloyatidagi harbiy uchuvchilar bilan suhbat chogʻida aytib oʻtdi.

Rossiya rahbarining soʻzlariga koʻra, F-16 qiruvchilarining Ukrainadagi jang maydonida paydo boʻlishi vaziyatni oʻzgartirmaydi.

“Biz ularning (NATO mamlakatlari) samolyotlarini xuddi bugun ularning tanklari, zirhli transport vositalari va boshqa jihozlarini, shu jumladan bir nechta raketa tizimlarini yoʻq qilgandek yoʻq qilamiz. Albatta, agar uchinchi davlat aerodromlaridan foydalanilsa, ular (aerodromlar) qaerda boʻlishidan qatʻʻi nazar, biz uchun qonuniy nishonga aylanadi”, — dedi Putin.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti F-16 samolyotlari ham yadro quroli tashuvchisi ekanligini, jangovar ishlarni tashkil etishda buni ham hisobga olish zarurligini taʻʻkidladi.

Bundan tashqari, Putin Rossiya harbiy aviatsiyasining Ukrainadagi “maxsus operatsiya”dagi harakatlarini yuqori baholadi.

NATOning harakatlanishi va Rossiyaning boshqa mamlakatlarga hujum qilish ehtimoli

“NATO Shimoliy Atlantika bloki, Shimoliy Atlantikaning tashkilotidir. U hozir qayoqqa ketyapti? U Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga, Yaqin Sharqqa, dunyoning boshqa mintaqalariga kirib bormoqda va allaqachon Lotin Amerikasiga ham siljishmoqda. Va ularning barchasi turli bahonalar ostida, turli xil souslar bilan, lekin baridir oʻsha-oʻsha: u erga NATOni kiritish va ortidan Evropadagi satellitlarini ergashtirish. Aftidan, bularning barchasi qaysidir maʻʻnoda oʻzlarining milliy manfaatlariga mos keladi, deb hisoblashadi, ular katta va kuchli Rossiyadan qoʻrqishadi, garchi ular buni behuda qilayotgan boʻlishsa ham, - dedi Putin.

Rossiya davlati rahbari “Rossiya NATO bilan kurashmoqchi” degan gaplarni ham bemaʻʻnilik deb atadi.

“2022 yilda AQSh, xotiram pand bermasa, 811 mlrd dollar, Rossiya esa 72 mlrd dollar sarfladi. 72 va 811 - farq sezilarli, oʻn baravardan ortiq. AQShning mudofaa xarajatlari global mudofaa xarajatlarining taxminan 40 foizini tashkil etadi, umumdunyo xarajatlarining 39 foizi, bu – AQSh. Rossiya esa - 3,5 foiz. Va bu nisbatni hisobga olsak, biz NATO yoki boshqasi bilan kurashamizmi? Bu shunchaki safsata”, — dedi Putin.

Uning soʻzlariga koʻra, agarda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin, Rossiya taklif qilganidek, Evropada butunlay yangi xavfsizlik munosabatlari qurilganida edi, "bugungidek holat sira vujudga kelmasdi”.

“Biz yildan-yilga, aslida oʻn yildan oʻn yilgacha gapirib kelayotgan xavfsizlik sohasidagi manfaatlarimizni shunchaki hisobga olishganida edi. Shunchaki toʻliq eʻʻtiborsizlik. Toʻgʻridan-toʻgʻri chegaramizgacha kelishdi. Biz NATO blokiga kirgan oʻsha davlatlarning chegaralari tomon harakat qildikmi? Biz hech kimga tegmadik. Ular biz tomon harakat qilishdi. Biz okeanni AQSh chegaralarigacha kesib oʻtdikmi? Yoʻq, ular bizga yaqinlashib kelishdi. Biz nima qilishimiz kerak? Biz faqat tarixiy hududlarimizda xalqimizni himoya qilamiz. Shuning uchun ularning Ukrainadan keyin Evropaga hujum qilishimiz haqidagi gaplari mutlaqo bemaʻʻnilik”, — dedi Putin.

“Baʻʻzi boshqa davlatlarga, Polʻshaga, Boltiqboʻyi davlatlariga va hokazolarga hujum qilish ehtimoli chexlarni qoʻrqitmoqda. Shunchaki bemaʻʻnilik, aholini aldash va odamlardan qoʻshimcha xarajatlarni undirishning yana bir usuli, ularni bu yukni oʻz elkasiga olishga majburlash. Bori shu”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Rossiyaning milliy masalasi

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Rossiyada "millatlararo va dinlararo totuvlikka ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish" zarurligini taʻʻkidladi.

“Ammo biz koʻp millatli, koʻp konfessiyali davlat ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak, biz har doim birodarlarimiz – boshqa din vakillari: musulmonlar, yahudiylar, hammaga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishimiz lozim va shunday qilamiz. Biz toʻrtta eʻʻtiqod haqida gapiramiz va ularni anʻʻanaviy deb ataymiz, lekin bizda maʻʻnaviy sohada juda boy xilma-xillik mavjud. Biz hammaga hurmat bilan munosabatda boʻlamiz va har kimga oʻz Vatanini himoya qilayotganini, hech kimning boshqa Vatani yoʻqligini his qilish imkoniyatini taqdim etamiz va beramiz. Biz uchun esa, Xudoga shukur, bu shunday ishlaydi. Biz millatlararo va konfessiyalararo tinchlikka juda ehtiyot boʻlishimiz kerak”, — dedi Putin.

Shu bilan birga, u Rossiya faqat ruslar uchun, deganlarni keskin qoraladi.

Oʻzimiznikilarni - hamma joyda, har qanday jamiyatda shunday odamlar bor – haybarakallachi vatanparvarlar, jumladan, “Rossiya faqat ruslar uchun, deydiganlarni eshitganimda, bilasizmi, menda tashvish hissi paydo boʻladi. Nega? Chunki mamlakatimiz hududida 190 ga yaqin millat va elatlariimiz istiqomat qilayotganini hamda ayrim millatlar millionlab aholi vakillarini oʻzida ifoda etishini yodda tutsak, bu erda qolgan barcha begona ekani haqidagi buzgʻunchi fikrlarni hayotga tatbiq eta boshlasak, mamlakatni vayron qilamiz. Va asosiy qurbonlar rus xalqi boʻladi. Shuning uchun ushbu komponentga juda kattalarcha, jiddiy munosabatda boʻlishingiz kerak, qoʻllaringizni silkitib, tilingizni silkitmang, balki har bir soʻzni, har bir iborani talaffuz qilganingizda oʻylang. Bizning yagona katta vatanimiz bor deb oʻylash kerak”, - dedi Putin.

Mavzuga aloqador