Polʻsha davlat kompaniyasi Eronga dronlar uchun ehtiyot qism sotganlikda ayblanmoqda
Polʻshaning Sanoatni rivojlantirish agentligiga qarashli WSK Poznan davlat kompaniyasi Eronning qishloq xoʻjaligi traktorlari ishlab chiqaruvchi Motorsazan kompaniyasiga sotgan yoqilgʻi nasoslari sotgan. Ushbu ehtiyot qismlar keyinchalik jangovar uchuvchisiz uchish apparatlariga oʻrnatilgan, dronlar esa Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushda ukrain havo mudofaasini yoʻq qilish va jabha chizigʻidan uzoqdagi infratuzilma obʻʻektlariga zarba berish uchun sotib olingan.
Polʻsha
davlat kompaniyasi Eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarida ishlatiladigan
qismlarni sotganlikda ayblanmoqda. Bu haqda payshanba kuni Polʻshaning Radio
Zet xususiy radiostantsiyasi xabar
berdi. Axborot manbalari nomi aytilmagan, ammo prokuratura bu masalani 2022
yildan beri tekshirib kelmoqda.
Qayd
etilishicha, Ukrainada keng koʻlamli urush boshlanganidan buyon Eron Rossiyaga minglab Shahed-136
kamikadze dronlarini etkazib bergan. Ular Ukraina havo mudofaasini yoʻq qilish va front chizigʻidan
uzoqda joylashgan infratuzilmaga zarba berish uchun ishlatilgan.
Polʻsha prokuraturasi Reuters agentligiga elektron pochta
orqali Polʻsha ikki tomonlama mahsulotlarning "Taraqqiyot va texnologiyalar
vazirining qonuniy ruxsatisiz" eksport qilinishini tekshirishayotganini
tasdiqlagan. Biroq Eron
tilga olinmagan.
Polʻsha NATO aʻʻzosi boʻlib, avvalgi millatchi hukumat davrida
ham, Donalʻd Tuskning
hozirgi Evropaparast maʻʻmuriyati davrida ham Ukrainaning eng katta
qoʻllab-quvvatlovchilaridan biri boʻlgan.
Radio Zet maʻʻlumotlariga koʻra, Sanoatni rivojlantirish
agentligiga tegishli Polʻsha kompaniyasi Eron dronlarida keyinchalik qoʻllanilgan yoqilgʻi
nasoslarini sotgan.
Radiostantsiyaning taʻʻkidlashicha, WSK Poznan Eronning qishloq
xoʻjaligi traktorlari ishlab chiqaruvchi Motorsazan kompaniyasiga ehtiyot qismlarni
sotgan. Ammo nasoslar
Eronning harbiy uchuvchisiz uchish apparatlariga oʻrnatilgan va keyinchalik Rossiya
tomonidan sotib olingan.
Mazkur
masala Milliy xavfsizlik agentligi (ABW) tomonidan tekshirilgan va bu haqda
prokuratura xabar bergan, deyiladi xabarda.
Davom
etayotgan tergov doirasida kompaniyaning oʻsha paytdagi bosh direktori tegishli
ruxsatsiz strategik mahsulotlarni sotishda ayblangan va 10 yilgacha qamoq
jazosiga hukm qilingan.