10.10.2025 16:18
340

Pokistonning Kobulga hujumi: "Tehrike Tolibon" etakchisi oʻldirildimi?


Xabarlarga koʻra, Pokiston tunda Kobulning bir qator hududlariga havo zarbalari yoʻllagan. Natijada "Tehrike Tolibon Pokiston" guruhi rahbari Nur Vali Maqsud oʻldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo TTP rahbari audio murojaat yoʻllab, u tirik qolganini maъlum qilgan. 

Bu voqealar "Tolibon" hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiyning Hindistonga safari doirasida sodir boʻlmoqda. 

Tahlilchilarning fikricha, Afgʻoniston nafaqat etakchi davlatlar, balki mintaqaviy kuch markazlarining ham geosiyosiy raqobat maydoniga aylanmoqda.

Maъlumot uchun, Pokistondagi “Tehrike Tolibon” pushtun guruhlarining bir-biriga qarshi harakatlari natijasida vujudga kelgan. “Tehrike Tolibon” va Afgʻonistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon” harakatini bir oʻzakdan paydo boʻlgan guruhlar sifatida eъtirof etish mumkin.

Mavzuga aloqador