06.05.2025 07:15
147
Pokistonning atom bombalari haqida maъlumot berildi
Ayni paytda Pokiston ixtiyorida taxminan 150 ta yadroviy kallak bor. https://iz.ru/1881282/2025-05-05/pakistan-mog-sozdat-okolo-150-ti-iadernykh-boegolovok-s-1972-go-goda
"Izvestiya" nashrining yozishicha, ular asosan "er – er" va aviatsiya raketalari vositasida qoʻllanilishi mumkin.
Maъlumot uchun, Pokiston oʻz atom bombasini yaratishga 1972 yilda kirishgan. Uzoq yillik izlanishlardan soʻng, Islomobod 1998 yilda oʻzining ilk yadroviy zaryadini sinovdan oʻtkazgan. Shuning barobarida, etkazish vositalari, yaъni raketalarni ishlab chiqish va takomillashtirishga zoʻr berilgan.
Bugungi kunda mamlakat dengiz floti uchun moʻljallangan qanotli raketa yaratish ustida ishlayapti.
Oʻz atom suvosti kemalari yoʻqligi bois, Pokiston oddiy dizel-elektr motorli submarinalardan start beriladigan qanotli raketalar yaratishga eъtibor qaratmoqda, deyiladi xabarda.
Islomobod bir necha xil mobil ballistik raketalarga ega: Ghaznavi, Abdali, Shaheen-I, Shaheen-II, Shaheen-III. Uning ballistik raketalari 2 750 kilometrgacha uchadi va butun Hindistondagi nishonlarni ura olishi mumkin.