25.11.2024 07:24
571

Pokistondagi shia-sunniy toʻqnashuvida uch kun ichida 82 kishi halok boʻldi

Pokiston shimoli-gʻarbida mazhablararo va qabilaviy toʻqnashuvlar natijasida uch kun ichida 82 kishi halok boʻldi, 156 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi AFP.  

“Oʻldirilganlarning 16 nafari sunniy musulmonlar, 66 nafari shialar”, - deya maʻʻlum qildi yakshanba kuni Xaybar-Paxtunkva viloyatidagi Kurram tumani maʻʻmuriyati.  

240 millionlik Pokiston aholisining aksariyati sunniy musulmonlar, biroq mamlakatning Afgʻoniston bilan chegaradosh shimoli-gʻarbiy hududlarida katta shia jamoasi yashaydi. Oʻn yil davomida bu mintaqada dinlararo toʻqnashuvlar tez-tez sodir boʻlib kelmoqda.

Oʻtgan payshanba kuni politsiya himoyasidagi shia ziyoratchilar ketayotgan avtokarvonga nomaʻʻlum jinoyatchilar tomonidan hujum qilinishi oqibatida 43 kishi halok boʻlgan edi. Mahalliy aholi hukumatning koʻplab vaʻʻdalariga qaramay, armiya va politsiya mintaqada xavfsizlikni oʻrnatolmaganidan gʻazabda.  

“Bugungi kundagi ustuvor vazifamiz urushayotgan tomonlar oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini oʻrnatishdir. Agar bunga erishilsa, biz mojaro sabablarini aniqlab, ular ustida ishlay olamiz”, dedi yakshanba kuni mintaqa adliya vaziri Aftab Alam Afridiy.

Mavzuga aloqador