Pokiston shimolidagi Abbotobod shahrida “Lorenzo” nomli bir jinsli munosabat tarafdorlari klubini ochish arizasi aholi va siyosatchilar norozilidan soʻng rad etildi, murojaatchi esa Peshovardagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborildi.

Pokistonda birinchi geylar klubini ochishga uringan bir jinslilar bilan munosabatlar tarafdori majburiy davolanishga yuborildi. Bunga fuqarolar va siyosatchilar birgalikdagi saʻʻy-harakatlari natijasida erishdi, deb yozadi «Gazeta.ru».

Mamlakat shimolidagi Abbotobod shahrida «Lorenzo» nomli klub ochish uchun ariza topshirilgach, rasmiylar buni odatdagi tartibda koʻrib chiqishni boshladi. Biroq bu xabar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgach, mahalliy aholi va siyosatchilarni gʻazablantirdi.

Pakistan Awami Tehreek (PATY) rahbari Nosir Xon Nazirning aytishicha, klubni ochishga ruxsat berilsa, "juda jiddiy oqibatlar" boʻladi. Shu partiyadan yana bir deputat binoga benzin quyib, oʻt qoʻyishini aytdi. Natijada, hukumat gey-klub ochish haqidagi arizani rad etdi va uning muallifiga Peshovardagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish belgilandi.

Mavzuga aloqador