23.11.2024 10:30
483

Pokistonda shialar ketayotgan avtokarvonga hujum: 38 qurbon


Pokiston shimoli-gʻarbida asosan shialar yashovchi Kurram tumanida avtomobillar karvoniga hujum uyushtirildi. Hodisada kamida 38 kishi, jumladan, olti ayol halok boʻldi, 20 kishi jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda oralarida Bagan shahrida oralarida Eron yollanma askarlari qoʻmondoni Tehron Tori ham boʻlgan shialarning sunniylarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi.
 
Pokiston shimoli-gʻarbida jangarilar shialar ketayotgan avtomobilʻ karvoniga hujum uyushtirishi oqibatida kamida 38 kishi, jumladan, olti ayol halok boʻldi. Yana 20 kishi jarohatlangan. Bu soʻnggi yillarda mintaqada sodir boʻlgan eng qonli hujumlardan biri, deya xabar beradi ArbatMedia.

Hujum soʻnggi oylarda sunniylar va shialar oʻrtasidagi mazhablararo toʻqnashuvlarda oʻnlab odamlar halok boʻlgan Hayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanida sodir boʻldi. Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi. Hodisa toʻqnashuvlar tufayli bir necha hafta davomida yopiq turgan mintaqadagi muhim magistral qayta ochilganidan bir hafta oʻtib sodir boʻldi, deb yozadi Associated Press.

Bir necha mashinadan iborat karvon Parachinar shahridan Xayber-Paxtunxva viloyati markazi Peshovarga ketayotganida jangarilar oʻt ochgan, dedi mahalliy politsiya matbuot kotibi Azmat Ali. Uning aytishicha, kamida 10 nafar yoʻlovchi kasalxonada boʻlib, ogʻir ahvolda.

Ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvining bildirishicha, terakt oqibatida kamida 38 kishi halok boʻlgan. Bosh vazir Shehbaz Sharif va prezident Osif Ali Zardoriy hujumni qoraladi. Sharif tinch aholini oʻldirganlar jazolanishini maʻʻlum qildi.

Mahalliy shia etakchisi Baqir Hayderiy hujumni qoralab, qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi. U mahalliy hukumatni yaqinda Kurramda shialarga tahdid qilgan jangarilar 100 dan ziyod avtomobildan iborat karvonga hujum uyushtirishi mumkinligini bilgan holda xavfsizlik choralarini koʻrmaganlikda aybladi. Hujumga norozilik bildirish uchun Parachinardagi doʻkon sotuvchilari juma kuni ish tashlashdi.

Oʻz navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda hujum sodir etilgan tunda Liva al-Zeynabiyyun yollanma askarlari boshchiligidagi qurollangan shialardan iborat olomon Bagan shahriga hujum qilgani, mahalliy sunniy doʻkonlari, yoqilgʻi quyish shoxobchasi va maʻʻmuriy binolarga oʻt qoʻygani haqidagi xabarlar paydo boʻldi. Bosqinchilar orasida Eron yollanma askarlari qoʻmondoni Tehron Tori ham koʻringan.

Shundan soʻng sunniy qabilalar shialarga qarshi jang qilish uchun qoʻshin toʻplay boshlagan. Xabar qilinishicha, toʻqnashuvlar tun boʻyi tumanning katta qismlarida davom etgan. Mahalliy OAV armiya va politsiyaning boʻlayotgan voqealar fonida harakatsizligidan norozi.

Shialar Pokistonning asosan sunniylardan iborat 240 millionlik aholisining qariyb 15 foizini tashkil qiladi. Mamlakatda uzoq vaqtdan beri mazhablararo nizolar davom etib kelmoqda. Shia va sunniylar asosan tinch-totuv yashayotgan boʻlsalar-da, ayrim hududlarda, xususan, shialar aholining koʻpchiligini tashkil etuvchi Kurram viloyatida oʻnlab yillar davomida keskinlik saqlanib qolmoqda. Iyulʻ oyida Kurramda sunniylar va shialar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda har ikki tomondan 50 ga yaqin odam halok boʻlgan edi.

Pokiston Inson huquqlari komissiyasi (HRCP) maʻʻlumotlariga koʻra, iyuldan oktyabrgacha togʻli hududda shia va sunniy qabilalar oʻrtasida sodir boʻlgan qurolli toʻqnashuvlarda 79 kishi halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador