21.06.2025 12:03
106
Pokiston Trampni Nobelь mukofotiga nomzod etib koʻrsatdi
Pokiston hukumati AQSh prezidenti Donalьd Trampni Hindiston bilan nizoni hal etishdagi vositachiligi uchun 2026 yilgi tinchlik boʻyicha Nobelь mukofotiga nomzod etib koʻrsatdi.
Islomobodga koʻra, aynan Amerika rahbarining harakatlari vaziyatning keskinlashuvini toʻxtatishga yordam bergan. Shu bois ham Pokiston hukumati Trampni 2026 yilgi tinchlik boʻyicha Nobelь mukofotiga rasman tavsiya etishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, Pokiston AQSh prezidenti bir vaqtning oʻzida ham Islomobod, ham Nьyu Dehli bilan diplomatik yoʻl orqali muloqot qilib, “ajoyib davlat donoligini namoyish etganini” qoʻshimcha qilgan.