23.01.2025 19:00
Pokiston minglab afgʻon mahbuslarini ozod qildi
Soʻnggi ikki yilda Pokistonning Sind viloyatidagi qamoqxonalardan 4200 dan ortiq afgʻon mahbuslari ozod etildi. Bu mahbuslar orasida hujjatlar yoʻqligi sababli hibsga olingan ayollar va bolalar ham mavjud. Bosh konsul Abdul Jabbor Tahariyning maʻʻlumotlariga koʻra, barcha mahbuslar Afgʻoniston hukumati hisobidan mamlakatga deportatsiya qilingan.
Shuningdek, Eronda ham shunday muammolar kuzatilmoqda. Afgʻon muhojirlari u erda hibsga olinadi va majburan deportatsiya qilinadi. Yaqinda Afgʻoniston Oliy sudi delegatsiyasi Eron rasmiylari bilan 1500 afgʻon mahbusini Afgʻonistonga oʻtkazish imkoniyatini muhokama qildi.
https://t.me/azon_global/7435
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning 24 dekabrida Pokistonning Afgʻoniston sharqida amalga oshirgan havo hujumlari kamida 46 kishining hayotiga zomin boʻlgandi. Shundan soʻng, Pokiston va Afgʻonistondagi vaziyat keskinligicha qolayotgan edi.