07.05.2025 14:35
258
Pokiston harbiy harakatlarini toʻxtatish shartini maъlum qildi
Pokiston mudofaa vaziri Havoja Asif "Blumberg" nashriga bergan intervьyusida harbiy harakatlarni toʻxtatish shartini maъlum qildi.
U agar Nьyu-Dehli "Sindur" harbiy operatsiyasini toʻxtatsa Islomobod Hindiston bilan mojaroni kuchaytirishni rejalashtirmayotganini aytib oʻtgan. Shuningdek, vazir Hindiston chekinadigan boʻlsa, Pokiston javob choralari koʻrmasligini, aks holda, mamlakat oʻzini himoya qilishga majbur boʻlishini qoʻshimcha qilgan.
Bundan tashqari, vazirdan yaqin orada oʻtkazilishi mumkin boʻlgan ikki tomonlama muzokaralar ehtimoli haqida soʻralganda, Asif bu borada hech qanday maъlumotga ega emasligini bildirgan.