08.05.2025 13:18
34
Pokiston frantsuz Rafale uchoqlarini Xitoy J-10C samolyotlari bilan urib tushirdi
Pokiston bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar parlamentda qilgan chiqishida Pokiston havo kuchlari tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan J-10C jangovor uchoqlari orqali Hindistonning beshta harbiy uchogʻi, jumladan Frantsiyada ishlab chiqarilgan uchta Rafale urib tushirilganini maъlum qildi.
AQShning CNN telekanaliga maъlumot bergan frantsuz razvedka manbasi ham Hindistonga tegishli bir Rafale uchogʻi Pokiston tomonidan urib tushirilganini tasdiqladi. Uning taъkidiga koʻra, boshqa shunday holatlar ham oʻrganilmoqda.
Agar ushbu maъlumotlar rasman tasdiqlansa, bu J-10C uchogʻining jangovar sharoitda boshqa harbiy uchoqni birinchi marta urib tushirishi sifatida tarixga kirishi mumkin. Shuningdek, Rafale ham birinchi marta havodan urib tushirilgan harbiy uchoq sifatida qayd etiladi.
Hindiston raketalar qoldigʻi va dronlarning fosh boʻlishi
Hindiston matbuotining xabar qilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan J-10C uchoqlarida qoʻllaniladigan PL-15E raketalariga tegishli qoldiqlar mamlakatning Panjob shtatida topilgan. Bu raketalarga tegishli deb aytilgan tasvirlar internet nashrlarida tarqaldi.
Pokistonning Panjob viloyatida ham Hindistonga tegishli bir dron parchalari topilgan. Shuningdek, Lohurda Hindistonga mansub deb taxmin qilinayotgan josus droni urib tushirilgani, voqea joyida portlash va sirena ovozlari eshitilgani qayd etilgan. Dron singal buzuvchi qurilma orqali qulatilgan.
Pokiston 25 ta Hindiston dronini urib tushirdi
Pokiston armiyasi hujumlar boshlanganidan buyon Hindistonga tegishli 25 ta “Harop” turkumiga mansub qurolli dron urib tushirganini maъlum qildi. Bu dronlar Isroilda ishlab chiqarilgan boʻlib, "kamikadze" turidagi dronlar hisoblanadi. Ularning parchalari mamlakatning turli mintaqalarida yigʻilmoqda.
Dronlar Lohur, Attok, Gujranvala, Bahavalpur, Chakval, Karachi, Miyano, Chor va Islomobod yaqinidagi Ravalpindi kabi hududlarda urib tushirilgan. Hujumlar natijasida Lohurda toʻrt nafar harbiy, Sind viloyatida esa bir fuqaro yaralangan, bir fuqaro ham halok boʻlgan.