18.01.2024 08:59

Pokiston Erondagi "terrorchilar nishonlariga" zarbalar berganini eʻʻlon qildi

Pokiston Eron bilan chegaradosh Siston va Balujiston viloyatida joylashgan “terrorchilar boshpanalari”ga zarba berdi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

“Bugun ertalab Pokiston Eronning Sistjn va Balujiston viloyatidagi terrorchilar maskanlariga yuqori darajada muvofiqlashtirilgan va aniq maqsadli bir qator harbiy zarbalar berdi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik maʻʻlumotlariga koʻra, Marg Bar Sarmachar kod nomini olgan operatsiya mavjud razvedka maʻʻlumotlari asosida oʻtkazilgan. Zarbalar natijasida “bir qancha terrorchilar yoʻq qilindi”, deya qayd etdi Pokiston TIV.

Vazirlikning taʻʻkidlashicha, soʻnggi bir necha yil davomida Eron tomoni bilan aloqalar olib borilganda, Islomobod “Eronning boshqarilmaydigan hududlarida kelib chiqishi pokistonlik terrorchilarning boshpanalaridan jiddiy xavotirda” ekani maʻʻlum qilingan. TIVning qoʻshimcha qilishicha, Pokiston Eronga koʻrsatilgan hududlarda “bu terrorchilarning mavjudligi va faoliyati” haqida aniq dalillar bilan maʻʻlumotlarni taqdim etgan.

Eron rasmiylari, oʻz navbatida, Pokistonning Eron hududiga raketa hujumi natijasida uch ayol va toʻrt bola halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

Avvalroq Eronning Tasnim axborot agentligi Eron Pokistonning Balujiston viloyatidagi “Jaysh al-Adl” tashkiloti lagerlariga raketa va uchuvchisiz uchoqlardan hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edi.

Pokiston Eronning oʻz hududiga uyushtirgan hujumi munosabati bilan oʻz elchisini Tehrondan chaqirib olishga qaror qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan pokistonlik hamkasbi Jalil Abbos Jiloniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar Eronning Pokiston hududiga qilgan hujumlaridan keyin ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar holatini muhokama qildi.

Mavzuga aloqador