06.02.2025 15:08

Pentagon AQSh qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqish rejasini ishlab chiqmoqda



AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Amerika qoʻshinlarini Suriyadan toʻliq olib chiqib ketish rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda NBC News telekanali Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Xabarga koʻra, prezident Donalʻd Tramp va uning maslahatchilari Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqish masalasiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Pentagon 30, 60 yoki 90 kunlik muddatda Amerika qoʻshinlarini chiqarish boʻyicha bir nechta stsenariylarni ishlab chiqmoqda.

Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha yangi maslahatchisi Mayk Valz oʻtgan haftada AQShning Florida shtatidagi Markaziy qoʻmondonlik qarorgohida boʻlib, Yaqin Sharqdagi soʻnggi vaziyat yuzasidan harbiy qoʻmondonlar bilan muzokaralar oʻtkazgan.

Bu qaror Vashingtonning Suriyadagi harbiy ishtiroki boʻyicha siyosiy muhokamalar fonida qabul qilinayotgani qayd etilmoqda.

Mavzuga aloqador