10.07.2025 14:05
223
Oʻzini oʻldirmoqchi boʻlayotgan isroillik askarlar soni 145 % ga oshgan
Ushbu suratda isroil askari Vladislav Sergienkoni koʻrib turibsiz. U 2024 yilda oʻz joniga qasd qilgan edi. Statistik tekshiruvlarning koʻrsatishicha, bosqinchi isroil armiyasida oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayotganlar soni 145 foizga oshgan. Telь-Aviv universiteti olimlarining aniqlashicha, Gʻazoda jangovor harakatlarda qatnashgan askarlarning 12 foizida jiddiy psixologik buzilishlar kuzatilgan.
Jumladan, bugun tongda ham kuchli psixologik stresga tushgan Joʻlon otryadi askari Sde-Tayman harbiy bazasida oʻz joniga qasd qildi.
Askar ikki kun avval Gʻazo sektorini tark etib, Sde-Tayman bazasiga reabilitatsiya kursidan oʻtish uchun kelgan. Kecha u harbiy politsiya tomonidan tergovdan oʻtgan. Tergovdan soʻng uning quroli olib qoʻyilgan. Harbiy politsiyaning takidlashicha, uning tergov qilinishi sababi Gʻazodagi harbiy harakatlar bilan bogʻliq emas. Biroq uning psixologik holati juda ayanchli boʻlgan. Askar bugun tongda sherigining qurolidan oʻq uzib oʻz joniga qasd qilgan va soʻngi soʻzlari yozilgan maktub ham qoldirgan.
Hozircha bu askarning ismi oshkor etilmadi. Shuningdek, u jangovor harakatlar vaqtida oʻlganlar roʻyxatiga ham kiritilmadi.
Umuman olganda, isroil qoʻshini orasida oʻz joniga qasd qilayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Toʻrt kun avval kuchli ruhiy bosim ostida qolgan askar Daniel Edri oʻziga oʻt qoʻyib, joniga qasd qilgan edi.
Maъlumot uchun, 2023 yil 7 oktyabridan 2023 yil yakunigacha 7 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan boʻlsa,
2024 yilda bu raqam 21 nafarni tashkil qilgan. Joriy yil boshidan buyon esa 14 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan.
Diyorbek Qurbonov