28.04.2025 16:01
252

Oʻzbekistonda mahsulot va xizmatlarga “Halol” belgisi joriy etiladi

Shu yilning 1 mayidan boshlab, Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulot va xizmatlar “Halol” belgisi bilan tamgʻalanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida maъlum qilindi.


Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan quyidagi takliflarga rozilik berildi:


➖Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;


➖Sertifikatlashtirish jarayonida Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti tomonidan qabul qilingan va xalqaro darajada eъtirof etilgan standartlarga ustuvorlik berish;


➖2025 yil 1 maydan eъtiboran mazkur qaror va belgilangan talablar asosida sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarni “Halol”belgisi bilan tamgʻalashga ruxsat berish.


Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan hamkorlikda olti oy muddatda “Halol” sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb etgan holda akkreditatsiyadan oʻtkazishi shart qilib belgilandi. 


Shuningdek, “Halol” belgisining shakli va oʻlchami boʻyicha standart loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Mavzuga aloqador