23.01.2024 03:52

OAV: Isroilda har qanday tanqid "xiyonat va tahdid" sifatida qabul qilinadi

Isroilning Haaretz gazetasi Tel-Aviv sharqida joylashgan Petax-Tikva shahridagi Itsxak Shamir oʻrta maktabida tarix fanidan dars bergan Meir Baruchin ijtimoiy tarmoqlarda Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harakatlarini qoralagani sababli oʻz oʻquvchilari hamda mamlakat hukumati tomonidan bosimga uchraganini maʻʻlum qildi. U avval ishdan boʻshatilib, soʻng 15 sutkaga uy qamogʻiga mahkum qilingan. Oʻquvchilari esa uni haqoratlab, saratonga chalinishini tilagan.

Isroilning Haaretz gazetasi oʻqituvchi Meir Baruchin ijtimoiy tarmoqlardagi fuqarolik pozitsiyasi uchun 15 kunlik uy qamogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati taqiqlanganidan soʻng oʻquvchilari uni haqoratlab, kaltaklashganini maʻʻlum qildi.

Poytaxt Tel-Aviv sharqida joylashgan Petax-Tikva shahridagi Itsxak Shamir oʻrta maktabida tarix fanidan dars bergan Baruchin oʻz qarashlari tufayli 7 oktyabrdan keyin ishdan boʻshatilgan, ammo keyinroq oʻz lavozimiga qaytarilgan.

19 yanvarʻ kuni Baruchin 10-sinf oʻquvchilari uning darslarini boykot qilib, hushtakbozlik uyushtirishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlar aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Nafrat 7 oktyabrda boshlanmagan

“Xiyonat qilish” aybi bilan sudlangan Baruchinni 16 yoshli oʻquvchi “Umid qilamanki, saraton kasalligiga chalinasiz”, degan ibora bilan haqorat qilgan.

“Urushda ayblash oson. Urushda bizning qoʻrquvimiz, tashvishlarimiz va shubhalarimiz juda koʻpayadi. Biroq 16 yoshli qizning saraton xastaligi orzu qilingan ustoziga nisbatan nafrati 7 oktyabrda boshlanmagan va soʻnggi qoʻshinlar Gʻazoni tark etganda ham tugamaydi. Bu nafrat hozirgi hukumatga soʻnggi saylovlarda gʻalaba qozonish va bosh vazir (Itsxak Rabin – Isroilning sobiq bosh vaziri, 1995 yilda isroillik Igalʻ Amir tomonidan otib oʻldirilgan) hayotiga nuqta qoʻyilishiga imkon yaratdi, deyiladi maqolada.

Maqolada Baruchinning bayonotlarida “vatanga xiyonat yoki tahdid yoʻqligi” iddao qilinadi va isroillik oʻqituvchilar oʻz siyosiy qarashlarini “yashirish va ifoda etishda erkin” ekani taʻʻkidlanadi.

Tarix oʻqituvchisi Baruchin Isroil armiyasi harakatlarini tanqid qiladi

"Bosqin ostidagi xalq oʻzini zulmdan xalos qilish uchun hamma narsani qilishga ruxsat berilgan. Isroil harbiylari falastinlik ayollarni zoʻrlamaydimi? Ular buni 1948 yildan beri qilishyapti, lekin darsliklarda bu yoʻq”, - deb yozadi oʻqituvchi oʻzi ishlayotgan maktab oʻqituvchilarining xabar almashish platformasida.

Shundan soʻng Isroil Taʻʻlim vazirligi Baruchinni oʻqituvchilik lavozimidan boʻshatdi, Isroil politsiyasi esa unga qarshi tergov boshladi va u 9 noyabrʻ kuni hibsga olindi.

7 oktyabrʻ kuni ijtimoiy tarmoqda eʻʻlon qilingan postida Baruchin Isroil harbiy-havo kuchlari uchuvchilarini “bolalar qotillari” deb atadi va uchuvchilar “oqibatini bilishlariga qaramay, buyruqqa boʻysunishlarini” aytdi.

Isroil tomonidan ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda hamda Gʻazo sektorida sodir etilgan qonunbuzarliklar haqida esa Baruchin: “Bugun Gʻarbiy Sohilda qon toʻkishi davom etmoqda”, - deya Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan 14 va 24 yoshli ikki falastinlik haqida maʻʻlumot bergan edi.

Qayd etilishicha, Isroilda 7 oktyabrdan buyon koʻplab isroilliklar, ayniqsa, falastinliklar ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazo aholisi bilan birdamligini ifoda etgani bosimga uchramoqda.

Mavzuga aloqador