18.11.2024 16:15
Nʻyu Dehlida havo iflosligidan koʻrish masofasi 150 metrga qisqardi
Hindiston poytaxti Nʻyu-Dehlida havo sifati «ogʻir» toifaning yuqori chegarasidan ham oshib ketdi va eng yomon darajaga etdi. Havo iflosligi parvozlar va poezdlar harakatiga taʻʻsir qildi, quyi sinflarda yuzma-yuz taʻʻlim bekor qildi. Hukumat qator choralarni amalga oshirishga kirishdi.
Hindistonning NDTV kanalining xabar berishicha, Havo sifati indeksi (AQI) maʻʻlumotlariga koʻra, Nʻyu-Dehlidagi millionlab odamlarning sogʻligʻiga tahdid solayotgan havo ifloslanish darajasi oxirgi oʻlchovlarda 481 deb qayd etilgan va "oʻta ogʻir" toifaga koʻtarilgan.
Maʻʻlumotlarga koʻra, zaharli tutun va tuman natijasida shaharda koʻrish masofasi 150 metrgacha qisqartirib ketgan, mintaqada aviaparvozlar va poezdlar qatnoviga salbiy taʻʻsir koʻrsatgan.
Shundan soʻng hukumat havo ifloslanishi oqibatlarini kamaytirish uchun qattiqroq choralar koʻrayotganini eʻʻlon qildi.
Ushbu chora-tadbirlar doirasida rasmiylar toza energiya yoqilgʻisidan foydalanmaydigan barcha yuk mashinalari va shunga oʻxshash transport vositalarining Nʻyu-Dehliga kirishi taqiqlanganini maʻʻlum qildi, bolalar, qariyalar hamda nafas, yurak-qon tomir va boshqa surunkali kasalliklarga chalingan odamlarga yopiq joylarda qolishni tavsiya qildi.
Hukumat, shuningdek, 10 va 12-sinflardan tashqari barcha oʻquvchilar uchun maktablarda yuzma-yuz taʻʻlim toʻxtatilganini maʻʻlum qildi.
Hindistonda havoning ifloslanishi boʻyicha “juda past”, «past», «ogʻir» va “oʻta ogʻir” toifalariga boʻlingan “Bosqichma-bosqich qarshi kurash choralari rejasi” (GRAP) amalga oshirilmoqda. Havo sifati "oʻta ogʻir" toifaga koʻtarilishi bilan Hindistonda GRAP doirasida favqulodda vaziyatlardan tashqari koʻmir, yogʻoch va dizelʻ generatorlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatlar taqiqlangan.
Nʻyu-Dehli aholisi, shuningdek, shaharda harakatlanish va avtomobilʻ chiqindilarini imkon qadar kamaytirish uchun jamoat transportidan foydalanishga chaqirildi. Har yili bayramlarda pirotexnika, uchqun kabi mahsulotlarni sotish taqiqlangan boʻlsa-da, ularni boshqa shaharlardan etkazib berishning olinmagan.